
Fernandesh "An-Nasr" unga qiziqish bildirganidan so‘ng MYudagi kelajagiga oydinlik kiritdi
"Manchester Yunayted" sardori Brunu Fernandeshning kelajagi yana muxlislar e’tibor markazida. Yaqinda "An-Nasr" klubi portugaliyalik yarim himoyachini yozgi transfer oynasi yopilishidan oldin o‘z safiga qo‘shib olishni rejalashtirayotgani haqida xabarlar tarqaldi.
Biroq jurnalist Ben Jeykobs ma’lumotlariga ko‘ra, 30 yoshli futbolchining rejalari o‘zgarmagan — u MYuda qolishni istaydi va na Saudiya Arabistoniga, na boshqa klublarga o‘tish niyati yo‘q.
Brunu kamida yana bir mavsum "qizil iblislar" safida o‘ynashni rejalashtirmoqda. Uning amaldagi shartnomasi 2027 yilgacha tuzilgan bo‘lib, unda yana bir yilga avtomatik uzaytirish imkoni ham mavjud.
Fikrlar