
Fernandesh: "Men gol urishni va hamma narsada ishtirok etishni xohlayman"
Xabaringiz bor, bugun tunda "Manchester Yunayted" Evropa ligasi yarim final bosqichining ilk o‘yinida "Atletik Bilbao" bilan kuch sinashib, 3:0 hisobida muvaffaqiyatga erishdi. Uchrashuvning 37 va 45-daqiqalarida Bruno Fernandesh dubl qayd etib, jamoasining g‘alabasiga katta hissa qo‘shdi. Mazkur bellashuvdan so‘ng portugaliyalik futbolchi o‘yin haqida o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.
"Bu g‘alaba juda muhim edi. Ilk 20 daqiqa juda og‘ir o‘tdi, raqib o‘z muxlislari qarshisida juda kuchli o‘ynaydi.
Albatta, men gol urishni, hamma narsada ishtirok etishni istayman. Bilaman, mening kuchli jihatlarimdan biri – bu gollar urish va golli paslar berish. Shuning uchun to‘xtab qolmasligim kerak" - dedi manchesterliklar etakchisi.
Ma’lumot o‘rnida, ikki klub o‘rtasidagi javob bellashuvi 8 maydan 9 mayga o‘tar kechasi bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan.
Fikrlar