
Fernandesh Ronalduning Portugaliyadagi o‘rni haqida gapirdi
Bruno Fernandeshning fikricha, Krishtianu Ronalduning o‘rnini terma jamoada hech kim to‘ldira olmaydi.
"Umid qilamanki, Portugaliyada yana bir Ronaldu paydo bo‘ladi. Ammo buning ehtimoli juda past. Biz portugaliyaliklar uning o‘yinlaridan bahramand bo‘lishimiz kerak.
Ayrimlar Ronaldu avvalgidek emas deydi. Barcha futbolchilar yillar o‘tgani sayin o‘zgarib boradi. Shunga qaramay, u o‘zining eng yaxshi ishini qilishda, gol urishda davom etyapti", - dedi "Manchester Yunayted" va Portugaliya terma jamoasi ustozi.
Fikrlar