"Ferrari" xatosi uchun jarima to‘laydi

  • 8 iyun, 2024, 17:13
  • Ali Ahmadxo’jayev
  • 0
  • Avto/Moto
CHERY AUTO

“Ferrari” "Formula 1" Kanada Gran-prisining ikkinchi mashg‘uloti chog‘ida Sharl Lekler mashinasining shinalarida xatolik tufayli  jarimaga tortildi.

Juma kuni "Jil Villeneuve" trassasida ikkinchi erkin amaliyot paytida g‘alati bir holat yuz berdi, to‘satdan Lekler zudlik bilan pit leynga qaytishi kerakligi haqida xabar berishdi. Bu Leklerni sarosimaga solib qo‘ydi va jamoasidan mashinada muammo bormi deb so‘radi, “Ferrari” vakillari unga hech qanday muammo yo‘qligini aytdi, lekin u baribir pit stop qilishi kerakligini takrorlashdi.

Shundan so‘ng ekranda hakamlar Leklerning “Ferrari”si  bilan bog‘liq hodisani tekshirayotgani haqida xabar paydo bo‘ldi. Tekshiruvga sabab FIA tomonidan trek rasman xo‘l deb e’lon qilinishidan oldin uning  bolidiga  yo‘mg‘ir uchun ishlatiladigan shinalar o‘rnatilgani sabab bo‘ldi.

“Formula 1” sport qoidalarida shunday deyilgan: "Har qanday erkin amaliyot paytida yomg‘ir uchun shinalardan faqat poyga nazoratchisi trekni xo‘l deb e’lon qilganidan keyin foydalanish mumkin".

Hakamlar reglament  buzilgan deb qaror qilib, "Ferrari"ga 5000  evro miqdorida jarima soldi. 

Lekler yomg‘ir ostida bo‘lib o‘tgan birinchi mashg‘ulotda uchinchi o‘rinni egalladi, ikkinchi mashg‘ulot quruqroq bo‘ldi va unda monakolik poygachi 4-o‘rinni egalladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!