Fevzi Davletov: "O‘yin qiyin bo‘lishini kutgandik"

  • 21 noyabr, 00:44
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Surxon - OKMK (0:0) uchrashuvdan keyingi matbuot anjumanida mezbonlar bosh murabbiyi Fevzi Davletov qatnashdi. 

Tecno

"O‘yin qiyin bo‘lishini biz kutgan edik. Futbolchilarga o‘yin muhimligi haqida alohida ta’kidlab o‘tgandik. Biz ham hujumda, ham himoyada yomon o‘ynamadik va balans ushladik. Bugungi kabi taktik o‘yinlarda ko‘p xavfli vaziyat sodir bo‘lmaydi. Biz ayrim vaziyatlarda gol urishimiz kerak edi. Yaxshi tomonlardan biri - himoyada ishonchli o‘ynab, gol o‘tkazib yubormadik.

Ko‘p futbolchilar betob bo‘lgan holda o‘ynadi va ayrim futbolchilar qaydnomaga kiritilgani yo‘q. Shuningdek, Behruz Karimov va Asilbek Jumaev Xitoyda U23 terma jamoa safida musobaqada qatnashib, klub ixtiyorga atigi 1 kun oldin kelishdi. Buni inobatga olib, yigitlarga minnatdorchilik bildiraman. Ular ko‘rsatmalarni to‘gri bajarishga harakat qilishdi va o‘yin davomida yaxshi harakat qilishdi

Bugun durang. Ertaga esa, Buxoroga qarshi bahsga tayyorgarlikni boshlaymiz".i

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!