
FIDE Grand Swiss xalqaro turniriga tayyorgarlik ko‘rish bo‘yicha Tashkiliy qo‘mita yig‘ilishi o‘tkazildi
Ma’lumki, joriy yilning 3-16 sentyabr kunlari Samarqand shahri FIDE Grand Swiss xalqaro turniriga mezbonlik qiladi.
Bugun ushbu nufuzli xalqaro turnir oldidan Sport vaziri Adkham Ikramov boshchiligida xalqaro musobaqani o‘tkazishga tayyorgarlik ko‘rish va uni yuqori saviyada o‘tkazish masalasiga bag‘ishlangan tashkiliy qo‘mita yig‘ilishi o‘tkazildi.
Yig‘ilishda xalqaro turnirni yuqori darajada o‘tkazish maqsadida amalga oshiriladigan ishlar, xususan, xorijdan keladigan sport delegatsiyalariga zarur shart-sharoitlarni yaratish, qolaversa Xalqaro shaxmat federatsiyasining texnik reglamenti talablarini bajarish va bu borada tegishli vazirlik va idoralarning o‘zaro hamkorlikdagi faoliyati muhokama qilindi.
Mas’ullarga xalqaro musobaqa ishtirokchilari joylashadigan, ovqatlanadigan, tashrif buyuradigan joylar va ularning atrof-hududlarida jamoat tartibini saqlanishi, shuningdek, xalqaro turnirni yuqori darajada o‘tkazish bilan bog‘liq bir qator muhim topshiriq va ko‘rsatmalar berildi.
Fikrlar