FIDE reytingi yangilandi. Abdusattorov o‘z o‘rnini saqlab qoldi, Sindarov bir pog‘ona pastladi

  • 2 may, 11:29
  • Oybek Yo’ldoshev
  • 0
  • Shaxmat
CHERY AUTO

Jahon shaxmat federeratsiyasi (FIDE) aprel oyi yakunlariga ko‘ra, o‘z reytingi yangiladi. 

Tecno

Unga ko‘ra, Magnus Karlsen 2837 ochko bilan etakchi, Hikaru Nakamura ikkinchi, hindistonlik Gukesh Dommaradju esa 3-o‘rinni egalladi. O‘zbekistonlik shaxmatchilardan besh nafari kuchli 100 likka kirdi. 

Nodirbek Abdusattorov 6-o‘rinda qoldi, biroq uning reyting ochkolari 1.9 ballga kamaydi. Javohir Sindarov esa bir pog‘ona pastladi. Hozir unda 2706 reyting ochkosi bor. Sindarov mart oyida ham bir o‘rin pastlagandi.

Rustam Qosimjonov 2675 ochko bilan 48-o‘rindan joy olgan. Nodirbek Yakubboev esa 2665 ochko bilan o‘z bittga yuqoriladi. 

Shamsiddin Vohidov bu reytingida ham pastladi. O‘zbekistonlik grossmeyster o‘tgan oy 30 pog‘ona pastlab, 80-pog‘onaga tushgan edi. Vohidov 2641 ochko bilan yangilangan reytingda 86-o‘ringa tushdi. 

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!