FIFA "JCH-2026" chiptalari bo‘yicha Nyu-Yorkda tekshiruv ostida — narxlar va ma’lumotlar shubha ostida

  • 28.05.2026 01:30
  • Bilolbek Imomov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

FIFA tashkiloti AQShning Nyu-York shtatida Jahon chempionati chiptalari bilan bog‘liq holat yuzasidan tekshiruvga tortildi. Tekshiruv JCh-2026 doirasida Nyu-Jersida o‘tkaziladigan sakkizta o‘yinni, jumladan Angliya — Panama uchrashuvi va finalni ham qamrab oladi.

Nyu-Jersi bosh prokurori va Nyu-York shtati prokuraturasi tomonidan e’lon qilingan qo‘shma bayonotda chipta sotuv tizimi “chalkashlik, soxta tanqislik va g‘ayritabiiy yuqori narxlar” bilan tavsiflangan.

Ma’lumotga ko‘ra, huquq-tartibot idoralari FIFAga rasmiy chaqiruv (subpoena) yuborib, chipta sotish amaliyotlari bo‘yicha ma’lumot talab qilgan.

Shuningdek, muxlislar chipta xarid qilayotganda o‘rin joylashuvi haqida noto‘g‘ri ma’lumot olgani haqida ham shikoyatlar o‘rganilmoqda.

Hisob-kitoblarga ko‘ra, final o‘yini uchun o‘rtacha chipta narxi 13 000 dollarga (taxminan 9 556 funt sterling) yaqinlashgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!