FIFA mundialda kelishilgan o‘yinlar bo‘yicha bayonot berdi

  • 23.07.2026 09:58
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

FIFA 2026 yildgi jahon chempionati oʻyinlari davomida shubhali bukmekerlik faoliyati yoki oʻyin natijalarini soxtalashtirish alomatlarini aniqlamadi. 

Tashkilot huzuridagi musobaqalar adolatini taʼminlash boʻyicha maxsus guruh turnir doirasida oʻtkazilgan barcha 104 ta uchrashuvni doimiy nazoratda ushladi. Ishchi guruh aʼzolari bukmekerlik bozori boʻyicha maʼlumotlarni toʻplab, oʻzaro almashdi, hisobotlarni solishtirib chiqdi va har qanday nomutanosiblik yoki shubhali holatlarni aniqlashga urinishdi. Tekshiruv yakuniga koʻra, shubha uygʻotadigan holatlar qayd etilmadi.

Monitoring jarayoniga musobaqaga mezbonlik qiluvchi mamlakatlar — AQSh, Kanada va Meksika futbol federatsiyalari, shuningdek, Osiyo, Afrika, Shimoliy va Markaziy Amerika hamda Karib havzasi, Janubiy Amerika va Yevropa futbol konfederatsiyalari, shu bilan birga FBR, Interpol, BMTning giyohvand moddalar va jinoyatchilikka qarshi boshqarmasi, Yevropa Kengashi hamda Sportradar kompaniyasi jalb etildi.

— FIFAning musobaqalar adolatini taʼminlash boʻyicha ishchi guruhi 2026 yildgi jahon chempionati davomida axborot almashinuv, ehtimoliy xavflarni baholash va oʻz vaqtida chora koʻrish uchun ishonchli tizim yaratdi. Barcha hamkorlarimizga ularning tajribasi va ishga sadoqati uchun minnatdorchilik bildiramiz va kelgusi FIFA turnirlarida ham bu hamkorlikni yanada rivojlantirishni rejalashtirganmiz, — dedi FIFAning musobaqalar adolati masalalari boʻyicha katta menejeri Liam Rich.

Shu tariqa, FIFA Ispaniya terma jamoasi gʻolib chiqqan jahon chempionati natijalarini shubha ostiga qoʻyish uchun asos topmadi. Endi shu kabi monitoring tizimi kelgusi musobaqalarda, jumladan, 2027 yildagi ayollar oʻrtasidagi jahon chempionatida ham qoʻllaniladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!