
FIFA prezidenti: "Qatardagi mundial tarixdagi eng yaxshisi bo‘ldi"
FIFA prezidenti Qatarda davom etayotgan jahon chempionatini eng yaxshisi deya e’tirof etdi.
Janni Infantino FIFA'dagi yig‘ilishda Qatardagi mundialni "tarixdagi eng yaxshisi" deb atadi va "futbol do‘stlik va tinchlik ruhini birlashtirdi" deya qo‘shimcha qildi.
- Bu safargi jahon chempionati eng yaxshisi bo‘ldi. Bir necha yil davomida shunday bo‘lishini kutgandim. Biroq hozir ishonch bilan gapirishim mumkin. Biz yaqin bir oy ichida futbol bilan yashadik va nafas oldik.
Fikrlar