
FIFA Qatardagi jahon chempionatidan qancha daromad ko‘rganini e’lon qildi
FIFAning 2022 yil Qatardagi jahon chempionatini tashkil etishdan olgan daromadi 2018 yil Rossiyada bo‘lib o‘tgan jahon chempionati ko‘rsatkichlaridan oshib ketdi. Bu haqda FIFA prezidenti Janni Infantino ma’lum qildi.
“FIFA daromadi 10,5 milliard dollarni tashkil qildi. Bu esa to‘rt yil avvalgidan 1 milliard dollar ko‘proq”, — dedi Infantino.
Bundan avvalroq Qatar ushbu mundialni o‘tkazish uchun 200 milliard dollardan ko‘proq mablag‘ sarflagani haqida ma’lumotlar tarqalgan edi.
Fikrlar