FIFA terma jamoa bosh murabbiy va bir futbolchini diskvalifikatsiya qildi

  • 20.10.2026 07:44
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

FIFA intizom qo‘mitasi 2026 yildgi jahon chempionatida Argentinaга qarshi o‘yindan keyingi voqealar sabab Misr terma jamoasi bosh murabbiyi Hossam Hassan, jamoa menejeri Ibrohim Hassan hamda yarim himoyachi Mustafa Ziko ni musobaqalardan chetlatdi. 

Bu haqida ma’lumot Misr futbol assotsiatsiyasi (EFA)ning X ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasida e’lon qilindi.

7 iyul kuni bo‘lib o‘tgan 1/8 final uchrashuvida Misr terma jamoasi Argentinaга 2:3 hisobida mag‘lub bo‘ldi. Misr futbolchilari 79-daqiqagacha ikki to‘p farqi bilan oldinda borayotgan edi.

58-daqiqada bosh hakam Fransua Leteksye VAR tizimiga murojaat qilgach, Mustafa Ziko urgan golni bekor qildi. U zarba berilganigacha bo‘lgan hujum epizodiga baho berib, Marvan Ateya tomonidan qoida buzilishi qayd etilganini ma’lum qildi.

Qo‘shimcha daqiqalarda Misr terma jamoasi murabbiylar shtabi a’zosi Saafan El-Sagir qizil kartochka oldi. 

Uchrashuv yakunlangach, vaziyat yanada keskinlashdi: bosh murabbiy Hossam Hassan sodir bo‘lgan hodisani “oldindan rejalashtirilgan korrupsiya” deb atadi. Ziko esa hakam maydonga Misr jamoasini “cho‘ktirish maqsadida” chiqqanini iddao qildi.

FIFA intizom qo‘mitasi qaroriga ko‘ra, Mustafa Ziko beshta o‘yinga diskvalifikatsiya qilindi. Hossam Hassan va jamoa menejeri Ibrohim Hassan esa uchta o‘yinga chetlatildi.

“EFA FIFA intizom qo‘mitasiga rasmiy so‘rov yo‘llab, qabul qilingan qarorlar bo‘yicha batafsil tushuntirish va asoslarni taqdim etishni so‘radi. Bu ma’lumotlar huquqiy vaziyatni o‘rganish va amaldagi nizomlarga muvofiq tarzda apellyatsiya tayyorlash uchun zarur”, — deyiladi Misr futbol assotsiatsiyasi bayonotida.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!