Filip Hrgovich Mozes Itaumaga qarshi jang oldidan keskin fikrlar aytdi

  • 25.08.2026 23:58
  • Javohir Malikov
  • 0
  • Boks
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Xorvatiyalik bokschi Filip Hrgovich angliyalik Mozes Itaumaga qarshi bahs oldidan o‘z fikrlarini bildirdi.

"Meni allaqachon hisobdan chiqardi. Hamma faqat Mozesdan g‘alaba kutyapti, shuning uchun menda yo‘qotadigan narsa ko‘p emas. Boksda yigirma yildan beri yuribman, lekin hali ham o‘zimni ancha tetik his qilaman. Ichimdagi olov hali so‘ngani yo‘q — mashq qilishga, sparring o‘tkazishga, yugurishga tayyorman. Hozirgi holatim butun faoliyatim davomidagi eng yaxshi shaklim, deb hisoblayman va Itaumani mag‘lub etish niyatidaman. Agar natija o‘xshamasa, demak, kar’yeramning yakuniga yaqinlashgan bo‘laman — yana pastdan boshlab, reytingdagi o‘rnimni qayta tiklashimga to‘g‘ri keladi. Lekin men bunday ssenariyni umuman o‘ylab ko‘rmaganim yo‘q. Shanba kuni g‘alaba qozonishimga ishonchim komil",  — deya ta’kidladi Filip.

Eslatib o‘tamiz, Hrgovich (20-1, 15 KO) 29 avgust kuni Itauma (14-0, 12 KO) bilan og‘ir vaznda IBF chempionligi uchun bellashadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!