Filipe Luis: Menga "Borussiya" Dortmund, "Manchester Siti" va "Lion"dan takliflar bo‘lgandi

  • 25.08.2019 12:55
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol

Mavsumlar oralig‘ida “Flamengo” klubi bilan shartnoma imzolagan himoyachi Filipe Luis unga Evropa grandlaridan ham takliflar bo‘lgani haqida gapirdi.

“So‘nggi pallada menga 3-4 ta yaxshi taklif bo‘ldi. Masalan, “Borussiya” Dortmunddan. Bu ajoyib taklif edi. Lekin, ko‘nglim negadir u erga borishga chopmadi.

Yanvardan martgacha “Manchester Siti” bilan muzokaralar o‘tkazdik. Biroq, kelisha olmadik. Shuningdek “Lion”dan ham takliflar bo‘ldi. Men esa ularga Amerika kubogidan so‘ng rad javobini berdim, natijada ular boshqa futbolchi sotib olishdi.

Bundan tashqari Turkiya va Xitoy klublaridan ham takliflar bo‘ldi. Lekin ularning hech biri menga ma’qul kelmadi”, - deydi braziliyalik himoyachi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!