
"Fiorentina" klubini koronavirusga chalingan futbolchilari soni 3 taga etdi
"Fiorentina" jamoasi yana ikkita futbolchisi koronavirus kasalligini yuqtirib olganini e’lon qildi.
Xerman Petstselya va "Vulverxempton"dan ijaraga kelgan Patrik Kutronening test natijalari qoniqarsiz chiqqan.
Shuningdek, jamoa fizioterapevti Stefano Daynelli ham COVID-19ga chalingan.
Avvalroq, Florentsiya klubi hujumchisi Dushan Vlaxovich koronavirus dardiga duchor bo‘lgani ma’lum bo‘lgandi.
Eslatib o‘tamiz, A Seriya va Evropaning bir necha mamlakatlaridagi bahslar qoldirilgandi.
Fikrlar