Firmino Londonga ko‘chib o‘tishi mumkin!

  • 05.01.2024 17:20
  • Oybek Yo’ldoshev
  • 0
  • Futbol

Saudiya Arabistonining "Al-Ahli" klubi hujumchisi Roberto Firmino jamoadan norozi. Braziliyalik forvard Saudiya chempionatini tark etib, Angliya Premer-ligasiga qaytishi mumkin, deb xabar beradi "talkSPORT" nashri.

32 yoshli futbolchining xizmatlariga "Fulxem" qiziqish bildirmoqda. London jamoasi u futbolchi bilan shartnoma imzolashga harakat qiladi. Firmino avval Angliyaning “Liverpul” jamoasi safida sakkiz yil to‘p surgan.

Braziliyalik futbolchi mersisaydliklar safida 362 ta o‘yin o‘tkazib, 111 ta gol urgan va sheriklariga 79 ta golli uzatma bergan. "Transfermarkt" portali Roberto Firminoni 10 million evroga baholamoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!