Flik "Alaves"dan uchralgan mag'lubiyatga izoh berdi
"Barselona" bosh murabbiyi Hans-Diter Flik jamoaning "Alaves"ga qarshi uchrashuvdagi mag‘lubiyatidan (0:1) so‘ng fikr bildirdi.
Kataloniyaliklar muddatidan oldin chempionlikni hal qilib bo‘lishgan edi. Ushbu o‘yin oldidan jamoa bosh murabbiyi 100 ochko to‘plash maqsadi qo‘yilganini aytgandi, biroq bu natijaga erishishning imkoni qolmadi.
“Biz chempionatda 100 ochko to‘plashni istagandik, ammo bu endi mumkin emas. Bu futbol. Bugun men ko‘plab ijobiy jihatlarni ko‘rdim. Ishni davom ettiramiz va keyingi o‘yinga tayyorgarlik ko‘ramiz”, — dedi Flik matbuot anjumanida.
Ma’lumot uchun, "ko‘k-anorranglilar" 36 turdan so‘ng 91 ochko to‘pladi.

Fikrlar