Flik "Barsa" yulduzi kelajagiga nuqta qo'ydi
«Barselona» bosh murabbiyi Hans-Diter Flik jamoa yulduzi Frenki de Yongga bo‘lgan ishonchini butunlay yo‘qotgani xabar qilinmoqda.
Bu haqida kataloniyaliklar faoliyatini yaqin yoritib boruvchi jurnalist Xerard Romeroga tayanib, Goal nashri yozdi.
Romero ma'lumotiga ko‘ra, Flik va de Yong o‘rtasidagi ziddiyat o‘tgan mavsumdayoq ko‘zga tashlangan edi. Shifokorlar ruxsatidan so‘ng nemis murabbiyi Frenkini Chempionlar ligasidagi «Atletiko»ga qarshi javob uchrashuviga maydonga tushirishni rejalashtirgan. Biroq futbolchining o‘zi sog‘ligi bilan tavakkal qilmaslikni ma'qul ko‘rgan.
Mana shu qaror Flikka yoqmagani, shundan so‘ng ularning munosabatlari keskin sovuqlashgani aytilmoqda.
Hozirga kelib, murabbiy va futbolchi o‘rtasidagi aloqalar deyarli butunlay uzilgan, 29 yoshli de Yong esa «Barselona»ni tark etish imkoniyatlarini izlayotgani xabar qilinmoqda. Ayni paytda Frenki jarohat olgan holda safdan tashqari qolmoqda.

Fikrlar