
Flik “Barsa”ga ikki futbolchi tanladi
Barselona”ni Ispaniya chempioniga aylantirgan Xans-Diter Flik kelasi mavsumda ham nufuzli sovrinlarga da’vogarlik qilish uchun tarkibni kuchaytirish lozimligini ta’kidlamoqda.
Germaniyalik mutaxassis klubning moliyaviy ahvolini inobatga olgan holda, transfer summasi arzon, lekin jamoaga foyda keltira oladigan o‘yinchilarni topishga majbur.
Flik shu talabdan kelib chiqib, klub mutasaddilariga ikki futbolchi nomini aytdi. “Atalanta” etakchisi Ademola Lukman va “Bayer” o‘yinchisi Alexandro Grimaldoning transferi umumiy hisobda kataloniyaliklarga 45 million evroga tushishi mumkin.
Nigeriyalik hujumkor futbolchi Lukman har ikki qanotda birdek samarali o‘ynay oldi. Flikka uning barqarorligi ayniqsa ma’qul kelgan.
Alexandro Grimaldo esa “Barselona” akademiyasi tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. Flik bu o‘yinchi yordamida chap qanot himoyasini mustahkamlamoqchi.
Fikrlar