Flik “Barsa”ga uchta yulduz tanlab berdi. Ular bepul keladi

  • 7 yanvar, 21:15
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Barselona” yozgi transferlar oynasiga jiddiy tayyorgarlik ko‘rmoqda. Klub moliyaviy ahvolidan kelib chiqib, bu gal ham erkin agent maqomini oladigan o‘yinchilarga e’tibor qaratadigan bo‘ldi.

Tecno

Bosh murabbiy Xans-Diter Flik klub xo‘jayini Joan Laportaga kuchaytiriladigan pozitsiyalar va ularga qaysi o‘yinchilarni olish ro‘yxatini berdi. Flik kutayotgan uch nafar futbolchi yozda erkin agentga aylanadi.

Jonatan Ta –“Bayer”ning 28 yoshli himoyachisi “Barselona”ning himoya chizig‘ini mustahkamlashi kutilmoqda. Flik germaniyalik futbolchini Pau Kubarsi, Inigo Martines va Ronald Arauxo qatoriga qo‘shib, Andreas Kristensenga ruxsat berib yuboradi.

Jonatan Devid – Flik yaqin kelajakda Robert Levandovskining o‘rnini Jonatan Devidga topshirishni ko‘zlagan. 24 yoshli kanadalik to‘purar “Lil” bilan hamkorligini yakunlamoqda va endi grand klublarda to‘p tepmoqchi.

Yozua Kimmix – 29 yoshli yarim himoyachi bir necha yil avval “Bavariya”ni boshqargan Flikning sevimli shogirdlaridan. Germaniyalik mutaxassis o‘z hamyurti yordamida maydon markazida barqarorlik o‘rnatishni mo‘ljallayapti.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!