Flik “Barsa”ni engilmas jamoaga aylantirdi

  • 10 aprel, 06:56
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Evropa Chempionlar ligasining chorak final birinchi uchrashuvida “Barselona” futbolchilari o‘z muxlislari ko‘z o‘ngida Dortmundning “Borussiya” klubini yanchib tashladi.

Tecno

Rafinya va Lamin Yamalning bittadan goli va Robert Levandovskining dubli hisob 4:0 ko‘rinishiga kelishini ta’minladi.

Shu tariqa, germaniyalik tajribali mutaxassis Xans-Diter Flik boshqarayotgan “Barselona”ning mag‘lubiyatsiz seriyasi 23 ta uchrashuvni tashkil qilmoqda.

Kataloniyaliklar oxirgi bor 2024 yilning 21 dekabrida “Atletiko” jamoasidan 1:2 hisobida mag‘lubiyatga uchragan edi. Shundan beri Flik shogirdlari  19 ta bahsni o‘z foydasiga hal qildi va to‘rt marotaba durangga rozilik berdi.

Endi “Barselona” 12 aprel kuni Ispaniya chempionati doirasida “Leganes” mehmoni bo‘ladi va uch kundan keyin safar “Borussiya”ga qarshi javob o‘yinida maydonga tushadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!