Flik: "Endi Madridda ham g‘alaba qozonishimiz mumkin"
"Barselona" bosh murabbiyi Xans-Diter Flik jamoasining Chempionlar ligasi guruh bosqichi 3-turida "Olimpiakos" ustidan (6:1) qozongan yirik g‘alabasidan keyin o‘z fikrlarini bildirdi.
"Olimpiakos" yuqori pressing qo‘lladi, ammo Ferminning ilk goli bizga yordam berdi. Markus Reshford bugun juda yaxshi o‘ynadi. U doimo maydonda bo‘ladi va unga “to‘qqizinchi raqam” rolini bajarish oson emas. Lekin u imkoniyatlar yaratdi, penalti ishlab oldi va eng muhimi — gol urdi. U men kutgan narsaning 100 foizini beradi. Men har doim ijobiy fikrlayman. Endi Madridda ham g‘alaba qozonishimiz mumkin. Ehtimol, hafta oxiriga qadar bir necha futbolchi safga qaytar. Bu yirik g‘alaba bizga ishonch bag‘ishlaydi, — dedi Flik UEFA rasmiy saytiga bergan intervyusida.
Ma’lumot uchun, kataloniyaliklar navbatdagi uchrashuvni 26 oktyabr kuni La Liga doirasida “Real Madrid”ga qarshi o‘tkazadi.

Fikrlar