
Flik jamoa uchun qaysi turnir muhim ekanligini aytdi
Xans-Diter Flik "Barselona" uchun turnirlarning ahamiyati haqida gapirdi.
- Sizningcha, Chempionlar ligasi La Ligadan ko‘ra muhimmi?
- Men uchun La Liga - "Barselona" g‘alaba qozonishi mumkin bo‘lgan eng muhim turnir. Biz butun mavsum davomida chempionlikka intilamiz. Yakunda qanday holat bo‘lishini ko‘ramiz.
Superkubok, Ispaniya kubogi yoki Chempionlar ligasi ham biz istagan narsa. Chempionlar ligasida g‘alaba qozonish hammasidan qiyin. Sababi, u erda kuchli jamoalar ko‘p.
Ertaga biz g‘alaba qozonishni va ushbu bosqichda oliy o‘rinni egallashni istaymiz, - dedi "Barselona" bosh murabbiyi.
Eslatib o‘tamiz, Kataloniyaliklar Chempionlar ligasi umumiy bosqichining yakuniy turi doirasida "Atalanta"ga qarshi o‘yin o‘tkazadi. Jamoa 7 ta o‘yinda 18 ochko to‘plagan holda turnir jadvalining ikkinchi pog‘onasida bormoqda.
Fikrlar