Flik: “Jamoamda ajoyib muhit hukm surmoqda”

  • 12 mart, 12:56
  • Bilolbek Imomov
  • 1
  • Futbol
BEPUL PROPAN

Xabaringiz bor, UEFA Chempionlar ligase pley-off bosqichida Flik boshchiligidagi “Barselona” “Benfika” ustidan g‘alaba qozonib, keyingi bosqichga yo‘l oldi. Ushbu bellashuvdan so‘ng jamoa bosh murabbiyi o‘yin va rivojlanayotgan klub haqida gapirdi. 
 
"Men barchasi oson kechmoqda, demayman, lekin har kuni yaxshilanib bormoqdamiz. Bugun biz qanday rivojlanishimiz mumkinligini ko‘rsatdik va aynan shuni amalga oshirishni davom ettiramiz. Futbolchilarga nimani to‘g‘ri bajarganimiz va nimada xatoga yo‘l qo‘yganimizni tushuntiramiz. 

Barcelona head coach Hansi Flick during the UEFA Champions League match, Round of 16, between FC Barcelona and Benfica played at Lluis Companys...
 
Oldinda yana bir qiyin o‘yin bor – yakshanba kuni ("Atletiko"ga qarshi). Doimo keyingi o‘yinga e’tibor qaratish to‘g‘ri yondashuv. Menga futbolchilarning mentaliteti yoqadi, bundan tashqari, ular o‘z o‘yinlaridan zavq olishmoqda, jamoada ajoyib muhit hukm surmoqda" – dedi germaniyalik mutaxassis. 
 
Ma’lumot o‘rnida, ko‘k-anorranglilar EChLning chorak finalida “Borussiya Dortmund” yoki “Lill” bilan to‘qnash keladi. Agarda kataloniyaliklar yarim finalga yo‘l olsa, “Bavariya” yoki “Inter” bilan kuch sinashadi.

Coach Hansi Flick of FC Barcelona during the UEFA Champions League match between FC Barcelona v Benfica at the Lluis Companys Olympic Stadium on...

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Асманов Асман
12/03/2025 21:15
Туя хаммомди орзу килибдия) Мабодо шундай болсаям, Реал, йоки ПСЖ га робаро келса керак