Flik klubdagi muammolardan norozi

  • 15.08.2025 16:44
  • Jahongir Inomjonov
  • 0
  • Futbol

Xans-Diter Flik futbolchilarni ro‘yxatdan o‘tkazish bo‘yicha muammolardan noroziligini bildirdi.

Hozircha "Barselona" bu mavsum oralig‘ida sotib olingan Joan Garsiya va Markus Reshford, shuningdek, Voytsex Shensni, Jerar Martin, Ektor Fort, Mark Bernal, Oriol Romeu va Runi Bardagjilarni ro‘yxatdan o‘tkazmagan.

- Vaziyat meni unchalik quvontirmayapti. Ammo men klubga ishonaman. Ertagacha kutishimiz kerak. O‘tgan mavsumda ham xuddi shunday bo‘lgan edi. Biz hozircha qo‘limizda bor narsaga e’tiborimizni qaratmoqdamiz, - dedi "Barselona" bosh murabbiyi.

Ma’lumot uchun, 16 avgust kuni Kataloniya klubi La Liganing yangi mavsumidagi ilk o‘yinini "Malorka"ga qarshi o‘tkazadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!