
Flik: "Real"ga bosim o‘tkazishimiz kerak
"Barselona" bosh murabbiyi Xans-Diter Flik jamoaning turnir jadvalidagi holati haqida fikr bildirdi. Kataloniyaliklar La Ligada uchinchi o‘rinda bormoqda va "Real"dan etti ochko ortda qolishmoqda.
"Vaziyat yomon. Biz juda ko‘p ochko yo‘qotdik. Endi har bir o‘yinda g‘alaba qozonib, "Real"ga bosim o‘tkazishimiz kerak. Etti ochkolik farq bilan buni qilish oson emas, lekin biz kurashni davom ettiramiz", – deya "AS" nashri germaniyalik mutaxassisning so‘zlarini keltirdi.
2-fevral, yakshanba kuni "Barselona" La Liga doirasida o‘z maydonida "Alaves" bilan bahs olib boradi.
Fikrlar