Flik sayyoraning eng yaxshi futbolchisi nomini aytdi

  • 01.09.2026 10:45
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

«Barselona» bosh murabbiyi Khansi Flik Argentina terma jamoasini tark etgan Lionel Messi haqida fikr bildirdi. 

Nemis mutaxassisi 39 yoshli hujumchini dunyodagi eng kuchli futbolchi deb atadi va uning terma jamoadan ketganidan afsusdaligini ta’kidladi.

«U dunyodagi eng yaxshi futbolchi. Haqiqatan ham ajoyib. Men Jahon chempionati-2026da uning o‘yinidan juda zavq oldim – u juda yorqin, fantastik o‘ynadi. Bir tomondan, albatta, menga g‘amgin, lekin bu hayot, vaqt o‘tadi. Uning karerasi juda go‘zal bo‘ldi, u eng yaxshisi ekanini ko‘rsatdi va buni jahon chempionatida isbotladi», – dedi Hans-Diter Flik. 

Eslatib o‘tamiz, Lionel Messi 2005 yildan buyon o‘ynab kelayotgan Argentina terma jamoasidagi faoliyatini yakunlaganini rasmiy e’lon qildi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!