Flik super kambekka munosabat bildirdi

  • 17 mart, 15:40
  • Karim Xudayqulov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Xans-Diter Flik "Atletiko"ga qarshi uchrashuvdagi g‘alabadan xursand. 

La Liga 28-turidan o‘rin olgan bellashuvda "ko‘k-anorranglilar" 72-daqiqaga qadar 0:2 hisobida ortda qolib, yakunda hisobni 4:2 ko‘rinishiga keltirdi. 

"O‘ylashimcha, biz birinchi taymda yaxshi o‘ynadik. Ikkita gol o‘tkazib yuborib, bunga ajoyib reaktsiya bildirdik. Biz jang qildik va muxlislarimizga aqlbovar qilmaydigan lahzalarni taqdim etdik. O‘zim, klub va muxlislar uchun juda xursandman.

Ferran ajoyib futbolchi. Zaxiradan maydonga tushganlar ishonchli harakat qilishmoqda. U yaxshi mashq qiladi va ajoyib formada. Zaxiradan o‘yinga qo‘shilgan boshqa futbolchilar kabi maydonda borini berdi. Bu bizga kerak", -
dedi "Barsa" ustozi "DAZN" nashriga bergan intervyusida. 

 

Tecno

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!