Florentino Peres: Ramosga Xitoydan taklif bo‘lgani rost, Lekin nega uni tekinga qo‘yib yuborishimiz kerak?
Ispaniyaning "Real" klubi sardori Serxio Ramos jamoa rahbariga uni Xitoy klublariga qo‘yib yuborishni so‘ragan. Bu haqda Florentino Peresning o‘zi ma’lum qildi.
- Ramos va uning agenti oldimga keldi va ular Xitoydan ancha yaxshi taklif bo‘layotganini lekin ular mahalliy qoidalariga ko‘ra transfer pulini to‘lay olmasliklarini aytishdi. Men ularga nima deb javob berishim kerak edi? Men ularga holatni tushuntirdim, jamoa sardorini tekinga qo‘yib yubora olmaslimizni aytdim. Chunki bu boshqa o‘yinchilarga boshqacha ta’sir qilishi mumkinligini aytdim, - dedi klub prezidenti.

Fikrlar