Floyd Meyvezer va Terens Krouford o‘zaro jang qilganida kim g‘olib bo‘lardi?

  • 19.04.2026 15:06
  • Javohir Malikov
  • 0
  • Boks
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Sakkiz vazn toifasida sobiq jahon chempioni Menni Pakyao amerikaliklar – Floyd Meyvezer va Terens Krouford oʻrtasidagi ehtimoliy toʻqnashuvda kim gʻalaba qozonishini taxmin qildi.

“Agar ular oʻzlarining eng yaxshi davrida jang qilishganda, Krouford Meyvezerni magʻlub etardi. Chunki Terens oʻzining oʻtkir uslubidan qanday foydalanishni yaxshi biladi. Shu bois ham u istalgan raqibga qarshi samarali harakat qilishi mumkin”, – deya filipinlik bokschining soʻzlarini keltirdi "talkSPORT" nashri.

Maʼlumot uchun, oʻtgan yili Krouford professional boksdan ketishini eʼlon qilgandi. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!