Floyd Meyvezer va Xabib Nurmagomedovning ehtimoliy jang shartlari qanday?

  • 20 yanvar, 2020, 07:42
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 2
  • MMA
CHERY AUTO

UFC ning engil vazn toifasidagi chempioni Xabib Nurmagomedovning otasi va murabbiyi Abdulmanap Nurmagomedov besh vazn toifasida sobiq jahon chempioni Floyd Meyvezer bilan jang o‘tkazish taklifiga munosabat bildirdi.

Tecno

"Meyvezer hisobida mag‘lubiyatsiz 50 ta g‘alabali seriya mavjud. U boksdagi eng zo‘rlaridan. U bitta jangda yutqazmagan raqib bilan jang qilishni istaydi. Xabib yaxshi variant, ammo hozir bizda Toni Fergyuson bor.

Biz bu jangni ancha oldin e’lon qilgan edik: Toni bilan hisob-kitobni yakunlaymiz, shundan keyin Lomachenko bilan olti oy ishlaymiz va keyin boks jangi bo‘ladi.

Biz o‘z shartimizni taklif qilamiz: boksda 11 raund va bir raund aralash yakkakurash turlarida, agar, biz eng yaxshi bokschiga qarshi 11 raund tursak, unda nega biz bilan MMA qoidalariga binoan bitta raundga chiqmasligi kerak? Ammo hamma ishlar Tonidan keyin bo‘ladi”, - dedi Nurmagomedov.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
JaSuR Allashukirov
20/01/2020 09:43
http://maydon.ru eng so'nggi futbol xabarlari
Islombek 2324
20/01/2020 08:07
Tog'ri gap. Habibga omad!!!