
Floyd Meyvezerning eng katta gonorari qancha bo‘lgan?
Professional boksda eng katta nomlardan biri, 5 vaznda jahon chempioni, engilmas Floyd Meyvezer faoliyati davomida 50 ta jang o‘tkazib, barchasida g‘alaba qozongan. Shu bilan birga Meyvezer boks tarixidagi eng daromadli janglarda ham ishtirok etgan. Har bir jangidagi gonorarlari ham shunga yarasha katta raqamlarni tashkil qilgan. Biz Meyvezerning eng katta gonorarli janglari bilan tanishtiramiz.
1. Floyd Meyvezer – Oskar De La Xoyya, 2007 yil may.
De La Xoyya: 52 million dollar,
Meyvezer: 25 million dollar.
Meyvezer va De La Xoyya o‘rtasidagi ushbu bahs o‘z davrining eng katta janglaridan biri sifatida e’tirof etilgan. Qolaversa, jangning pullik translyatsiyasidan tushgan mablag‘lar ham 10 yillar davomida eng ko‘p daromadli jang sifatida o‘z nomini ushlab turgan. Jangda Meyvezer ochkolar hisobida g‘alaba qozonib, super yarim o‘rta vazn toifasida (69.9 kg) WBC kamarini qo‘lga kiritgan.
2. Floyd Meyvezer – Saul “Kanelo” Alvares, 2013 yil sentyabr.
Meyvezer: 80 million dollardan ko‘proq,
Alvares: 12 million dollar.
2013 yili bo‘lib o‘tgan jangga qadar, ikkala bokschi ham mag‘lubiyatsiz odimlayotgan edi. Yarim o‘rta vazn toifasida (66.6 kg) WVC va WVA jahon chempionlik kamarlari uchun 12 raund davom etgan jangda hakamlarning qaroriga ko‘ra, Meyvezer g‘oliblikni qo‘lga kiritgan va Alvaresdan ko‘ra ko‘proq mablag‘ ishlab topgan. Garchi, mag‘lubiyatga uchragan bo‘lsa-da, Saul Alvares keyinchalik DAZN platformasi bilan 5 yilga 365 million dollarlik shartnoma imzolagan.
3. Floyd Meyvezer – Menni Pakyao, 2015 yil may.
Meyvezer: 250 million dollar,
Pakyao: 150 million dollar.
O‘z davrining ikki eng yaxshi bokschisi o‘rtasidagi jang uchun uzoq muddatli muzokaralar olib borilganidan so‘ng, 2015 yil 2 may kuni Las-Vegasdagi “MGM Gand Arena”da bo‘lib o‘tdi. Ushbu to‘qnashuv barcha jabhalar bo‘yicha rekordlarni yangiladi. Jangning 4.4 millionta sotilgan pullik translyatsiyasidan tushgan mablag‘ning o‘zi 410 million dollarni tashkil etdi. Qolaversa 16 ming muxlisga mo‘ljallangan arena uchun faqatgina 500 ta chipta 1.5ming, 2.5ming, 3.5ming, 5 ming va 7.5 ming dollar narxda sotuvga chiqarilib, 1 daqiqaning o‘zidayoq sotib bo‘linadi. Jang kechasi “Mayweather Promotion” va “Top Rank” promouterlik kompaniyasi tomonidan tashkil etilgan bo‘lsa-da, asosiy promoushen sifatida Meyvezerning kompaniyasi ko‘rsatilgan edi. Jang Meyvezerning WBC, WBA hamda Pakyaoning WBO kamarari uchun kechadi. Jangda 116-112 ikki, 120-102 hisobi bilan Meyvezer zafar quchadi.
4. Floyd Meyvezer – Konor MakGregor, 2015 yil may.
Meyvezer: 275 million dollar,
Makgregor: 85 million dollar.
5 vaznda sobiq jahon chempioni va UFCning sobiq ikki divizioni chempioni o‘rtasidagi jang, shubhasiz, muxlislarning katta qiziqishiga sabab bo‘ldi. Buni 4.3 millionta sotilgan pullik translyatsiya ham isbotlab beradi. Jang super yarim o‘rta vaznda (69.9 kg) bo‘lib, 12 raund etib belgilangandi. Jangning 10-raundida Meyvezer texnik nokaut evaziga g‘alabani qo‘lga kiritdi.
Meyvezer bu bilan cheklanib qolgani yo‘q. U 2018 yil 31 dekabr kuni “Rizin” MMA promousheni tomonidan tashkil qilingan ko‘rgazmali jangda yaponiyalik kikboksingchi Trenshin Nasukavani 1-raundda nokautga uchratadi. Ushbu jangdan Meyvezer 88 million dollar ishlab topgan.
Xullas shunday gaplar, bejizga Floydni “Janob pul”, deb atashmaydi!
Jalol Ahmedov tayyorladi.
Fikrlar