Formula-1 poygachisi Mayami Gran-prisida mashinasini qanday o‘g‘irlab ketishganini aytib berdi

  • 14.05.2026 20:53
  • Ali Ahmadxo’jayev
  • 0
  • Avto/Moto
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Finlandiyalik mashhur Formula-1 poygachisi, “Kadillak” jamoasi a’zosi Valtteri Bottas Mayami Gran-prisi davomida qanday qilib mashinasini o‘g‘irlab ketishgani haqida so‘zlab berdi. O‘g‘rilik sodir etilgan payti, poygachi ijaraga olingan uyida bo‘lgan.

“Men dushda edim, o‘sha yerda ijarada yashab turgan Pol Harris menga qo‘ng‘iroq qildi. Keyin men: “Nega qo‘ng‘iroq qilyapsan?” dedim. U mashina yo‘qolib qolganini aytdi. Men bunga ishona olmadim, tashqariga chiqib qaraganimda mashina g‘oyib bo‘lgan edi. Keyin esa mashina ichida Gran-priga kirish ruxsatnomasi qolib ketgani esimga tushdi. Keyin bu ishga FQB aralashdi. Bu haqiqiy tergovga aylandi.

O‘g‘rida hamma imkoniyatlar bor edi, u VIP avtoturarjoyga kirishi mumkin edi. U Gran-priga kirishi va jamoamizga qo‘shilib ketish imkoniyatiga ham ega edi. Balki u mashina bilan jinoyat sodir etib, uni biron bir yerga tashlab ketishi mumkin edi”
,-dedi Bottas Parc Ferme podkastida.

Abduvaliev Azizbek

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!