Messi Mundial finalidan so‘ng ilk bor ko‘rinish berdi
Argentina terma jamoasi va «Inter Mayami» hujumchisi Lionel Messi jahon chempionati–2026 yakunlangach, ilk bor omma oldida ko'rindi.
39 yoshli jamoa sardori bu safar maydonga futbolchi sifatida emas, muxlis sifatida tashrif buyurdi. U o'g'li Mateo bilan birga futbol o'yinini tomosha qildi. Messi Rosariodan «Leones» jamoasi va «Sentral' Kordova» o'rtasidagi uchrashuvni ko'rish uchun Primera C – Argentina chempionatining uchinchi divizioni bahsini tanladi.
Stadionda to'plangan muxlislar afsonaviy hujumchini katta hursandchilik bilan kutib oldi. Kameralar unga qaratilganini payqagan Messi kulimsirab, qo'lini ko'tarib muxlislarga salom berdi, shunday qilib o'zini yaxshi kayfiyatda ekanini namoyon etdi. Arena kirish qismida esa yulduz futbolchini yaqinidan ko'rishni istagan muxlislardan uzun navbat hosil bo'ldi.

Fikrlar