FR: Superligadagi eng qo‘pol jamoa qaysi?

  • 17 may, 2023, 18:12
  • Odilbek Fayzullayev
  • 0
  • Futbol
TIGGO 2 PRO

Superliganing 10-turi ortda qoldi. Hozircha elitada 63ta o‘yin o‘tkazilgan (8-tur bahslari qoldirilgani hisobiga).

photo_2023-05-16_10-19-07

Ortda qolgan o‘yinlardan keyin "So‘g‘diyona" chempionatning eng tartibli jamoasi bo‘lib turibdi. Jizzaxlik futbolchilar hakamlar tomonidan 9 o‘yinda 16 bor ogohlantirilishdi (birorta chetlatish yo‘q).

8

"Qizilqum" esa ayni paytda o‘yin qoidasini eng ko‘p buzayotgan jamoa bo‘lib turibdi. Navoiy klubi vakillariga 20ta sariqdan tashqari, 6 bor qizil kartochka ko‘rsatilgan.

photo_2023-05-12_20-03-49

Ifeani Ifeani 2 bor maydondan chetlatilgan ligadagi yagona futbolchi bo‘lib turibdi.

photo_2023-03-04_19-26-04

Jasur Jaloliddinov esa eng ko‘p ogohlantirilgan o‘yinchi hisoblanadi (4 marta).

IMG_4646

Pozitsiyalar bo‘yicha olib qaralsa, eng ko‘p kartochka yarim himoyachilarga ko‘rsatilyapti — 92 sariq, 13 qizil. Yakkakurashlardan uzoqda bo‘ladigan darvozabonlarimiz esa asosan vaqt cho‘zish oqibatida 11 bor ogohlantirildi.

44

Futbolchilarni eng ko‘p maydondan chetlatgan referi esa Rahimbek Karimov hisoblanadi — 5 o‘yinda 7 marta.

photo_2023-05-12_20-03-52

Faxriddin Ro‘ziev

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!