
FR: VAR kimlarga "ochiq"?
Bugun 3 nafar hamyurtimiz VAR litsenziyasini olgani e’lon qilindi. Bular:
1) Sultonmurod Abdurahmonov — VAR ishlaydigan o‘yinlarda hakamlik qilish;
2) Husan Muzaffarov — VAR hakami;
3) Rishat Nugmanov — AVAR hakami sifatida ishlash uchun.
Shundan keyin mahalliy referilardan nechtasi videoassistent referi tizimi bilan ishlay olishi to‘g‘risida savol paydo bo‘ldi. Va O‘zFHM matbuot xizmati bilan bog‘lanib, ularning ro‘yxatini shakllantirdik. Ma’lum bo‘lishicha, Husan Muzaffarovgacha Superliga va O‘zbekiston kubogi bahslarida VAR hakami sifatida faoliyat yuritish huquqiga ega arbitirlar 13 nafar edi:
1. Aziz Asimov;
2. Nayim Qosimov;
3. Rahimbek Karimov;
4. Rustam Lutfullin;
5. Edita Mirobidova;
6. Asker Najafaliev;
7. Firdavs Norsafarov;
8. Ahrol Risqullaev;
9. Akobirxo‘ja Shukurullaev;
10. Ilgiz Tantashev;
11. Abdurashid Xudoyberganov;
12. Ibrohim Ismoilov;
13. Ilya Ilin.
VAR ishlaydigan o‘yinlarda bosh hakamlik qila oladigan referilar soni esa biroz ko‘proq ekan. Aniqroq aytsak, yuqoridagi ro‘yxatdan Nayim Qosimov hamda Edita Mirobidova chiqariladi. Ularning o‘rniga Vadim Agishev, Shavkat Nasibullaev, Temur To‘xtasinov, G‘ayrat Jo‘raev hamda Sultonmurod Abdurahmonov qo‘shiladi.
Shuningdek, AVAR litsenziyasini qo‘lga kiritgan laynsmenlar 13 nafarga etdi. Bular:
1. Timur Gaynullin;
2. Baxtiyorxo‘ja Shavkatov;
3. Alisher Usmonov;
4. Rustam Tagaev;
5. Ziyodullo Abdurahmonov;
6. Anvar Marajabov;
7. Maksim Nexochin;
8. Ruslan Sarezetdinov;
9. Kristina Sereda;
10. Andrey Tsapenko;
11. Avazbek Abdullaev;
12. Sanjar Shoyusupov;
13. Rishat Nugmanov.
Nihoyat, VAR inspektori sifatida ishlash huquqiga hozircha Vladislav Tseytlin, Valentin Kovalenko, Baxtiyor Namozov, Jahongir Saidov va Timur Abdullaev singari mutaxassislarda bor.
Faxriddin Ro‘ziev tayyorladi
Fikrlar