Frantsiya chempionatida VAR tizimiga kalamushlar hujum qilishdi

  • 22.12.2019 13:00
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol

Kecha Frantsiya chempionatining 19-turidan o‘rin olgan “Nitstsa” hamda “Tuluza” bellashuvida videoassistent referi (VAR) tizimi bilan bog‘liq muammo kelib chiqdi.

Aniqrog‘i, VAR tizimining kabel simlariga kalamushlar tomonidan zarar etkazilgani aniqlandi. O‘yin boshlanguniga qadar esa kamchilik bartaraf etilmadi va uchrashuv VAR tizimisiz o‘tkazildi.

Eslatib o‘tamiz, VAR tizimi futbolga 2018 yilda joriy etilgan va Frantsiya chempionatida shu yilning o‘zidan joriy etilgan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!