
Frantsiya chempionatining yana bir klubida 4 nafar futbolchi koronavirus bilan kasallandi
“Tuluza” klubining 4 nafar futbolchisida koronavirus aniqlandi. Bu haqda klub rasmiy sayti xabar tarqatmoqda.
Ma’lum qilinishicha, kasallangan futbolchilar darhol karantinga olingan. Eslatib o‘tish lozimki, bundan avvalroq PSJning ham 3 ta futbolchisida Covid-19 aniqlangan edi.
Frantsiya chempionatining bu mavsumi ham aynan pandemiya tufayli muddatidan avval yakunlandi va unda “Tuluza” so‘nggi 13 o‘rinni egalladi.
Fikrlar