Frantsiyada eng yaxshi futbolchi bo‘lish uchun da’vogarlar nomi ma’lum

Kilian Mbappe Liga 1da mavsumning eng yaxshi futbolchisi bo‘lish uchun da’vogarlar qatorida. 

Frantsiya professional futbolchilar uyushmasi chempionat yakunida turli sovrinlarga da’vogarlik qilayotgan futbolchi va murabbiylar ro‘yxatini e’lon qildi: 

Eng yaxshi futbolchi: Kilian Mbappe (PSJ), Usman Dembele (PSJ), Per-Emerik Obameyang («Marsel»), Edon Jegrova («Lill») va Per Le-Melu («Brest»)

Eng yaxshi darvozabon: Djanluidji Donnarumma (PSJ), Marko Bizot («Brest»), Marchin Bulka («Nitstsa»), Lyuka Shevale («Lill») va Bris Samba («Lans»);

Eng yaxshi yosh futbolchi: Leni Yoro («Lill»), Uorren Zair-Emeri (PSJ), Rayan Sherki («Lion»), Eliss Ben-Segir («Monako»), Dezire Due («Renn»);

Eng yaxshi murabbiy: Paulu Fonseka («Lill»), Luis Enrike (PSJ), Erik Rua («Brest»), Luka Elsner («Gavr»), Frank Es («Lans»).

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!