
Frantsiyada transfer oynasi qachon ochilishi e’lon qilindi
Frantsiya professional futbol ligasi mamlakatda transfer oynasi qachondan ochilishini ma’lum qildi.
Unga ko‘ra, 8iyundan boshlab frantsuz klublari o‘zaro futbolchilar “oldi-berdisi” bilan shug‘ullanishlari mumkin. 1 iyuldan sentyabr oyi oxirigacha esa transfer oynasi odatiy rejimda ishlay boshlaydi.
Frantsiyada 2019/20 yilgi mavsum muddatidan avval yakunlandi va PSJ chempion deb e’lon qilindi.
Fikrlar