Freddi Rouch nazariga tushgan o‘zbek bokschisining professional boksdagi sarguzashtlari

  • 14 aprel, 2020, 12:46
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 0
  • Boks
CHERY AUTO

  Xorazm boksi tarbiyalanuvchisi Alisher Rahimov haqida eshitganingiz bordir. Bugungi “Debyut” ruknimizning “qahramon”i aynan ushbu charmqo‘lqop ustasidir. O‘z vaqtida havaskor yo‘nalishda 3 karra jahon chempionati ishtirokchisi, Sidney Olimpiadasida 4-o‘rin, 1997 yilgi Osiyo chempionatida kumush va 1999 yilgi ushbu turnirda oltin medalni qo‘lga kiritgan. Mazkur natijalardan so‘ng, professional boksga qadam qo‘ygan ushbu hamyurtimiz rossiyalik promouter German Titov boshchiligida “Vodoley” promouterlik kompaniyasi bilan shartnoma tuzadi.

Tecno

  Keyinchalik okean ortiga yo‘l olgan Rahimov jahonning eng mashhur promouterlik kompaniyasi “Top Rank” bilan 5 ta jangga shartnoma imzolaydi. Promouteri o‘sha vaqt Bob Arum bilan birga ishlaydigan Arturo Pilullo edi. Xullas engil vazn (61,2 kg) da o‘z janglarini olib borgan yurtdoshimiz professional faoliyati mobaynida WBO Asia Pacific va WBC Asia kamarlarini qo‘lga kiritadi.

  AQSh va Rossiyada “Ali” nomi bilan mashhur bo‘lgan ushbu vatandoshimiz o‘z vaqtida Amir Xon kabi jahonning mashhur yulduzini sparring jangda mag‘lub etganini va Menni Pakyaoga sparring sheriklik qilgani haqida ham xabar berib o‘tgandik. Bir so‘z bilan aytganda Freddi Rouchdek jahon tan olgan murabbiyni nazariga tushib, uni Pakyaoga yordam berishga taklif qilganini o‘zi ham Rahimovni yuqori darajadagi bokschi bo‘lganligini bildiradi.

 Hozirda Nepal boks terma jamoasi bosh murabbiy sifatida faoliyat yuritayotgan Xorazm o‘g‘loni professional ringda 28 ta jang o‘tkazib, ularning 25 tasida g‘alaba qozonadi. Uch bora mag‘lubiyatga uchragan. Raqiblari ustidan 12 bora nokaut bilan g‘alaba qozonadi.

  U so‘ngi jangini 2014 yil 7 martda rossiyalik Ayk Shaxnazaryanga qarshi o‘tkazadi va mag‘lubiyatga uchraydi. Shundan keyin yurtdoshimiz sportchilik faoliyatini yakunlashga qaror qiladi. Bu voqea uning debyut jangidan 10 yil o‘tganidan keyin sodir bo‘lgandi. Rahimov professional ringdagi ilk jangini 2004 yil 23 sentyabrda rossiyalik Aydos Janburshinga qarshi o‘tkazadi. E’tiborlisi Rossiya vakili ham birinchi bor profidagi jangini o‘tkazayotgan edi. Bahsning birinchi raundidayoq hamyurtimiz raqibini texnik nokautga uchratib, professional boksdagi o‘z yurishini boshlaydi. Aydos uchun esa, ushbu jang faoliyatidagi yagona bo‘lib qoladi. Chunki u keyin boshqa ringga ko‘tarilmagan.

 Bir so‘z bilan aytganda Alisher Rahimov professional boksdagi ajoyib janglari bilan muxlislar e’tiborini qozona olgandi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!