Frensis Kimanzi: Osiyo chempionlariga qarshi o‘ynash biz uchun sharaf

  • 22 mart, 2018, 10:08
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Xabaringiz bor ertaga O‘zbekiston Olimpiya terma jamoasi Andijonda Afrika qit’asining kuchli jamoalaridan biri hisoblangan Keniya Olimpiya terma jamoasi bilan o‘rtoqlik o‘yini o‘tkazadi.

Tecno

Kecha ushbu yurt vakillari yurtimizga tashrif buyurishdi va muxlislar ularna katta tantana bilan kutib olishdi. Mehmonlar bosh murabbiyi Frensis Kimanzi yurtimizga tashrif buyurganidan keyin ilk taassurotlari bilan o‘rtoqlashdi.

“O‘zbekistonga birinchi marta kelishimiz. Bu erdagi odamlar mehribon va mehmondo‘st ekan. Bizni bu qadar katta tantanalar bilan kutib olishlarini hatto tasavvur ham qilmagandik. Albatta, mahalliy ishqibozlarning jamoamizga bo‘lgan iliq munosabatidan juda xursandmiz.

Barcha insonlarning yuzida tabassum. Hamada xursandchilik, kayfiyat yuqori darajada. Tabiiyki, bizda ham kayfiyat juda yaxshi. Osiyo chempioni bo‘lgan O‘zbekiston terma jamoasiga qarshi o‘ynash biz uchun sharaf.

O‘zbekiston hamda Keniya olimpiya terma jamoalari o‘rtasidagi o‘yin avvalo xalqlar o‘rtasidagi do‘stlikning o‘rnatilishiga muhim turtki bo‘ladi. Bizning raqibimiz juda kuchli. O‘zbekiston bejizga Osiyo chempioni bo‘lgani yo‘q. Lekin mana shunday tarix yaratgan jamoaga qarshi to‘p surish biz uchun juda qiziqarli va foydali bo‘lishiga shubha qilayman”.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston - Keniya bahsi ertaga Andijondagi "Sog‘lom Avlod" o‘yingohida soat 20:00da boshlanadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!