
"FUJAIRAH GLOBAL Chess Championship". O‘zbekistonlik shaxmatchilar qanday natijalar qayd etmoqda?
Ayni kunlarda Birlashgan Arab Amirliklarining Fujayra shahrida shaxmat bo‘yicha "1-FUJAIRAH GLOBAL Chess Championship" turniri bo‘lib o‘tmoqda.
Turnirning sovrin jamg‘armasi 125 ming dollarni tashkil qiladi va unda ishtirokchilar 3 guruhga bo‘lingan holda bahslashmoqda.
"Superstars (Superyulduzlar)" guruhida 50 nafar ishtirokchi bo‘lsa, "Masters"da 150 nafar, "Open"da esa naqd 400 ta shaxmatchilar qatnashmoqda. Unda ham bir necha o‘zbekistonlik shaxmatchilar ham qatnashmoqda.
"Masters" guruhida qatnashayotgan Shermuhammadov Samandar ilk turda hindistonlik Jinan Jomonga qarshi mag‘lubiyat, ikkinchi turda polshalik Slivishka Alisja bilan durang, uchinchi turda Gayaforuiar Amir ustidan g‘alaba, to‘rtinchi turda Davityan Arturga mag‘lub bo‘ldi. U bugun eronlik Alinasab Mobina bilan o‘ynaydi.
"Open" guruhida Abdulazizov Asilbek quyidagi natijalarni qayd etdi:
Elahi Saif Anvarga qarshi g‘alaba;
Sulton Ibrohimga qarshi mag‘lubiyat;
Belousov Viktorga qarshi g‘alaba;
Vuelban Virgilioga qarshi mag‘lubiyat;
Yosh vakilimiz bugun oq donalarda hindistonlik Nishita Karthik bilan o‘ynaydi.
"Open" guruhida Abdulazizov Asadbek quyidagi natijalarni qayd etdi:
Vivan Ranaga qarshi mag‘lubiyat;
Dumankiy Alfarabiga qarshi g‘alaba;
Ahmed Badarga qarshi durang;
Al Hinay Qusayga qarshi g‘alaba;
Asadbek bugun Suleymanova Avaga qarshi bahs olib boradi.
"Open" guruhida Abdurasulov Muzaffarjonning hozirga qardar natijalari:
Zauynbay Alimzxanga qarshi mag‘lubiyat;
Ahmed al-Kabiga qarshi g‘alaba;
Alhassadi Yusufga qarshi mmag‘lubiyat;
Balushi Mariyaga qarshi g‘alaba;
Bugun esa hindistonlik Krigna Bomni bilan bahs uni kutib turibdi.
"Open" guruhida Abdulazizova Asmiraxon ham qatnashmoqda.
Savan Emanga qarshi mag‘lubiyat;
Zaed Mazrauiga qarshi g‘alaba;
Hakobyan Allenga qarshi mag‘lubiyat;
Sharvesh Tirumayamalaryanga qarshi g‘alaba;
Asmiraxon bugun oq donalarda hindistonlik Dahvid Sibid bilan kurashadi.
"Open" guruhida bir necha marta g‘oliblik shohsupasiga ko‘tarilgan yulduzimiz Abdulazizova Asminaxon ham qatnashmoqda. Uning natijalari bu safar kutilganidek kechmayapti. U hozircha atigi bir g‘alabani qo‘lga kiritdi.
Gonasales Karlota bilan g‘alaba;
Shanmathi Sree, Zaynab Darvish, Handhali Mazinga qarshi esa mag‘lubiyatlar. U bugun mahalliy Ammar Abdulla bilan kurashga kiradi.
Eslatib o‘tamiz, musobaqa 1-sentyabrga qadar davom etadi. Aslida bu turnirda +umoyun Begmurotov, Afruza Hamdamova, Akobirxon Saydaliev, Akramov Hasan va Husanlar ham qatnashishi kutilgan edi. Vakillarimiz yaqinda Kolumbiyadagi 16 yoshgacha bo‘lganlar o‘ratsidagi Olimpiadadan qaytishdi va Samarqanddagi turnirga tayyorgarlikni boshladi. Barcha ishtirokchilarimizga omad tilaymiz!
Fikrlar