Futbol TV bugun Millatlar ligasining final hamda 3-o‘rin uchun kechadigan o‘yinlarini jonli efirda ko‘rsatadi
Avval xabar berganimizdek 5-9 iyun kunlari Portugaliyada UEFA Millatlar ligasining final bosqichi o‘tkaziladi. Hal qiluvchi bellashuvlarda Evropaning 4ta saralangan terma jamoasi – Gollandiya, Angliya, Shveytsariya va Portugaliya ishtirok etmoqda.
O‘tkazilgan yarim final uchrashuvlaridan so‘ng Portugaliya va Gollandiya finalda, Shveytsariya hamda Angliya esa 3-o‘rin uchun bahsda maydonga tushishi oydinlashgan edi.
Ushbu musobaqani O‘zbekiston xududida namoyish etish huquqini qo‘lga kiritgan Futbol TV telekanali bugun har ikkala o‘yinni ham jonli efirda namoyish etadi.

Fikrlar