“Milan” futbolchisi raqib tomonga o‘tib ketadi
“Milan” yarim himoyachisi Jakomo Bonaventura jamoasiga kerak bo‘lmay qolganidan keyin milanliklarning ashaddiy raqiblaridan biri “Roma” bilan hamkorlik qiladigan bo‘ldi.
Mavsum yakunlangach, erkin agentga aylanadigan futbolchi hozirdan yangi ish joyini hal qilib qo‘ydi.“Roma” 30 yoshli futbolchiga yiliga 2,5 million evro maosh to‘lashga rozi bo‘ldi.
Bonaventura “Milan” safida 2014 yildan buyon 171 ta o‘yin o‘tkazdi, 34 ta gol urdi va 244 assistni amalga oshirdi.

Fikrlar