Futbolchilar Arbeloa “Real” darajasidagi murabbiy ekani ishonmadi
Joriy mavsumda nufuzli sovrinlar uchun kurashda muvaffaqiyatsizlikka uchragan “Real” klubi rahbariyati jamoani boshqarishga futbolchilarda taassurot qoldira oladigan yangi murabbiy izlamoqda.
Ma'lum qilinishicha, klub xorijlik mutaxassis nomzodini ko‘rib chiqmoqda.
Manbaga ko‘ra, jamoa futbolchilari Xabi Alonso rahbarligi davrida o‘zlarini zerikkan holda his qilgan.
Shu bilan birga, ular hozirgi bosh murabbiy Alvaro Arbeloa klub darajasiga mos emas, deb hisoblamoqda.
Futbolchilar ispaniyalik mutaxassisni hech qachon yuqori darajadagi murabbiy sifatida qabul qilmagan.
Bundan tashqari, “Qirollik klubi” Ispaniya ichida jamoani boshqarishga munosib birorta nomzod ko‘rmayapti.
Arbeloa jamoani yanvar oyidan buyon boshqarib kelmoqda. Biroq u ham jamoada sezilarli o‘zgarishlar qila olgani yo‘q va kursisi “qimirlab” turibdi.

Fikrlar