"Futbolchilarimning xatosini muhokama qilmoqchi emasman, hozir og‘ir davrni o‘tkazyapmiz" - Ro‘ziqul Berdiev

  • 1 dekabr, 2024, 10:36
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 1
  • Futbol
CHERY AUTO

Chempion “Nasaf” so‘nggi turda o‘z uyida “Metallurg”ga 1:2 hisobida malubiyatga uchradi. Qarshiliklar yana mag‘lubiyatli seriyasini davom ettirdi. O‘yindan so‘ng mezbonlar ustozi Ro‘ziqul Berdiev matbuot anjumanida savollarga javob qaytardi.

- Biz mag‘lubiyatga uchradik. Buning sababi, agar jamoa jismonan va ruhan tayyor bo‘lmasa o‘yinda sizda hech nima o‘xshamaydi. Bizda nechanchi o‘yindirki, shunday bo‘lyapti. Uchrashuvda oldinga o‘tib olib ham hisobni saqlab qola olmadik. Mag‘lubiyatga uchrab turib ham raqib darvozasi tomon o‘yinimizda kuch topa olmadik. Shu bois mag‘lubiyatga uchradik.

- Jamoada qanday ruhiy tushkunlik bor? Chempionlik qo‘lga kiritilgan bo‘lsa, har tomonlama qo‘llab-quvvatlanayotgan bo‘lsa! Yoki futbolchilar o‘rtasida qandaydir kelishmovchilik bormi?

- Kelishmovchilik yo‘q. Hammasini nazorat qilyapmiz. Faqat yigitlarda oldingidek ishtiyoqning yo‘qligi o‘yinlarga ta’sir qilyapti. Hozir sizlar bilan futbolchilarimni muhokama qilmoqchi emasman. Ularni aybdor deb ko‘rsatmoqchiman. Mayli, mavsum uchun rahmat. Lekin bilasizlar, barchasi uchun murabbiy javob beradi. Hozir juda og‘ir davrni o‘tkazyapmiz. Bu murabbiylar uchun qanchalik zarba bo‘layotganini o‘zlaring ham tushunib turibsizlar. Mayli, mag‘lubiyat kimgadir qiziq bo‘lsa, buni murabbiylardan izlasa bo‘laveradi. Futbolchilarim maydonda xato qilyapti, yo‘q joydan gollar o‘tkazishyapti. Ularga urg‘u berib xatosini muhokama qilib o‘tirmoqchi emasman. 

- Bir paytlar Qashqadaryodan Superligada uchta jamoa qatnashgan. Yana shunday natijaga yaqin turibmiz. “Sho‘rtan”ning pley-offdagi imkoniyati, “Mash’al”ning Superligaga qaytgani haqida fikrlaringiz.

- Bu albatta viloyatimiz uchun yoqimli. “Sho‘rtan”da ham imkoniyat bor. Jamoalarimizga omad tilaymiz. Bu viloyatimizda futbolga bo‘lgan e’tibor yaxshiligidan dalolat. “Mash’al”ni oldindan tajribasi bor. Superligada qatnashib yurgan. O‘ylaymanki, tarkibini kuchaytirib, o‘ziga yarashadigan o‘rinlarda yuradi. Chunki klubda infrastrukturasi, homiysi bor. Yaxshi mutaxassislar ishlayapti. Raqobatdosh, yaxshi jamoaga aylanadi.  

- “Nasaf”ning keyingi mavsumdagi maqsadlari yangi yildan keyin belgilanadimi?

- Bu narsani bilmadim. Hozir ochiq ayta olmayman. Bu ko‘proq klubdan so‘raladigan narsa. Murabbiy sifatida aniq fikrni ayta olmayman. Chunki biz hali bu narsalarni chuqurroq muhokama qilganimiz yo‘q.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
Ravil
05/12/2024 09:50
Nasaf chempionligi oldida qolgani pox.