
Futzal. Birinchi liga chempioni, Oliy liganing yangi ishtirokchisi bo‘lgan BMB klubi taqdimot marosimini o‘tkazdi
Kecha "Hilton" mehmonxonasida BMB jamoasining taqdimot marosimi bo‘lib o‘tdi. Unda jamoaga taklif etilgan futzalchilar bilan birga braziliyalik murabbiy Vitor Vianna ham ommaga tanishtirildi.
Tadbirni "VMV Trade Group" kompaniyasi Kuzatuv kengashi raisi va VMV futzal klubi prezidenti Bekzod Mamatqulov ochib berdi. Shu bilan birga marosimda O‘zPFL bosh direktori Diyor Imomxo‘jaev, “O‘zbekiston milliy media assotsiatsiyasi” Boshqaruvi raisi Sherzodxon Qudratxo‘ja kabi taniqli shaxslar ishtirok etdi.
Shuningdek, marosimda tarkibga jalb etilgan futbolchilar qaysi raqam ostida to‘p tepishlari ma’lum qilindi. Unga ko‘ra, Akbar Usmonov - 7, Ravshan Eliboev - 1, Xusniddin Nishonov - 8, Davron Choriev - 10, Abbos Elmurodov - 12, Mashrab Adilov - 3-raqamli liboslarda to‘p tepishi ma’lum qilindi. Ulardan tashqari jamoadagi bir qator legionerlar ham o‘z raqamlarini bilib olishdi. Quyida ushbu jarayondan fotolarni tomosha qilishingiz mumkin.
Fikrlar