Futzal. Dunyoning eng taniqli murabbiylardan biri O‘zbekistonga tashrif buyuradi!

  • 14 sentabr, 2023, 18:50
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Futzal bo‘yicha dunyoning eng taniqli murabbiylardan biri Xose Venansio Lopes O‘zbekistonga tashrif buyuradi. Bu haqda O‘FA matbuot xizmati xabar berdi. 

Tecno

Xabaringiz bor, O‘zbekiston futzal terma jamoasi yurtimizda o‘tkaziladigan Jahon chempionatiga tayyorgarlik ko‘rmoqda. Jamoani muhim turnir oldidan yanada yuqori darajaga olib chiqish borasida sa’y-harakatlar olib borilyapti. Jahonda yuksak mavqega ega mutaxassis Xose Venansio Lopes yaqin kunlarda mamlakatimizga tashrif buyurib, O‘FA rahbariyati bilan o‘zaro hamkorlik shartnomasini tuzish bo‘yicha muzokaralar o‘tkazadi. 

Ma’lumot uchun, Venansio ikki bor Ispaniya terma jamoasini Evropa chempioniga aylantirgan. Jahon chempionati finaliga olib chiqqan. Klublar o‘rtasida Evropa chempioni. Ispaniya chempioni, 3 karra kubok egasi, 3 bor superkubok egasi. Shuningdek, 5 bor dunyoning yaxshi murabbiyi deb topilgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!