
Futzal. Jahon chempionati oldidan Marokash katta yo‘qotishlarga uchradi
Marokash futzal terma jamoasi murabbiyi O‘zbekistonda o‘tkaziladigan Jahon chempionati oldidan g‘alati qarorga qo‘l urdi. Ya’ni janob murabbiy bir qancha etakchi o‘yinchilarni tarkibdan chetlatdi.
Ma’lum bo‘lishicha, xozirga kelib, 6 nafar asosiy futzalchilar Jahon chempionati uchun topshiriladigan yakuniy ro‘yxatdan tushib qolgan. Chetlatilgan futbolchilar orasida eng tajribali Hamza Maymon va asosiy darvozabon Reda Xiyarilar ham bor. Hozirda ushbu futzalchilarning aynan nima sababdan terma jamoadan chiqarib yuborilgani ma’lum emas.
Fikrlar